Hindistonning davlatga qarashli yonilg‘i chakana savdo kompaniyalari iyun oyi bilan yakunlangan chorakda 181,49 milliard rupiy (1,90 milliard dollar) miqdorida zarar ko‘rdi.
Nikkei Asia ma’lumotiga ko‘ra, bunga AQSh va Eron o‘rtasidagi ziddiyat oqibatida yuzaga kelgan energiya narxlarining oshishidan mijozlarni himoya qilish sabab bo‘lgan.
Narxlar ko‘tarilishiga qaramay, mamlakatda benzin va dizel yonilg‘isi savdosi o‘sgan.