Harbiylar yaqin masofadagi janglar, baland tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlar yordamida kuzatuv olib borishga o‘rgatilyapti.
Hindiston va Xitoy o‘rtasidagi chegara masalasi hanuz hal etilmagan.
Asosiy e’tibor 2020 yilda Galvan vodiysidagi qurolli mojarodan so‘ng Hindiston-Tibet chegara polisiyasi tarkibida tashkil etilgan "Shaurya" maxsus otryadi jangchilarini tayyorlashga qaratilgan. Bunday tuzilmalarning tashkil etilishi Hindistonning chegaradagi bahsli hududlarda mudofaa qobiliyatini mustahkamlash va har qanday hodisaga tezkor javob berishni ta’minlashga qaratilgan.
2020 yilda Galvan vodiysida yuz bergan to‘qnashuvlarda 20 nafar hindistonlik harbiy halok bo‘lgan.