Bugun 29 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Hindiston va Nepalda 100 ga yaqin kishi kuchli yomg‘ir oqibatida halok bo‘ldi

Hindiston va Nepalda 100 ga yaqin kishi kuchli yomg‘ir oqibatida halok bo‘ldi

Hindiston va Nepalda kuchli yomg‘irlar oqibatida taxminan 100 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Hindistonning Bihar shtatida halok bo‘lganlar soni 64 kishini tashkil etgan. Qo‘shni Uttar-Pradesh shtatida esa 20 dan ortiq fuqaro vafot etgan.

Nepalda tabiiy ofat, asosan chaqmoq urishi natijasida, kamida sakkiz kishining hayotiga zomin bo‘ldi.

Mahalliy aholiga noqulay ob-havo sharoitlari davom etishi haqida ogohlantirish berildi.

Kiritildi: 11:38 15.04.2025. O'qildi: 1263 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!