Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Hindiston Telegram'dan filmlar va striminglarni noqonuniy tarqatayotgan kanallarni yopishni talab qildi

Hindiston Telegram'dan filmlar va striminglarni noqonuniy tarqatayotgan kanallarni yopishni talab qildi

Hindiston Axborot va teleradioyeshittirish vazirligi Telegram messenjeridan mualliflik huquqi bilan himoyalangan filmlar, seriallar va striming platformalari kontentining noqonuniy tarqatilishiga qarshi zudlik bilan chora ko‘rishni talab qildi. Bu haqda ANI agentligi manbalariga tayanib xabar berdi.

Agentlik manbalariga ko‘ra, vazirlik Telegram'ga rasmiy ko‘rsatma yuborib, qaroqchi filmlar va onlayn-kinoteatrlar kontenti tarqatilayotgan kanal hamda guruhlarni zudlik bilan bloklaahni talab qilgan. Shuningdek, kompaniyadan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan 15 kun ichida batafsil hisobot taqdim etish so‘ralgan.

Nyu-Dehli Telegram faqat alohida shikoyatlardan keyin emas, balki mualliflik huquqini buzuvchi kontentni tizimli ravishda aniqlash, bloklash va uning qayta tarqalishining oldini olish bo‘yicha samarali mexanizmlarni joriy etishini kutayotganini ta’kidlagan.

Kiritildi: 13:22 06.07.2026. O'qildi: 1009 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!