Bugun 8 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Hindiston suv osti minalarini sinovdan o‘tkazmoqda

Hindiston suv osti minalarini sinovdan o‘tkazmoqda

Hindiston harbiy-dengiz kuchlari va Mudofaa tadqiqotlari tashkiloti (DRDO) ko‘p maqsadli suv osti minalarini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazganini e’lon qildi. Bu haqda mamlakatning mudofaa vazirligi ma’lum qildi, deb xabar beradi TASS.

“Hindiston harbiy-dengiz kuchlari yashirin kemalar va suv osti kemalarini nishonga oladigan zamonaviy, mahalliy ishlab chiqilgan suv osti minasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi”, – deyiladi vazirlik bayonotida.

Hindiston mudofaa vaziri Rajnat Singx sinovlarni sharhlar ekan, mina “Hindiston dengiz flotining suv osti jangovar imkoniyatlarini yanada oshirishini” ta’kidladi.

Hindiston tomonidan boshqariladigan Jammu va Kashmir hududida sodir etilgan teraktdan so‘ng Pokiston bilan keskinlik kuchaygan bir paytda Nyu-Dehli bir qator harbiy texnikani dengizda, havoda va quruqlikda sinovdan o‘tkazdi.

22 aprel kuni qurolli shaxslar Jammu va Kashmir ittifoqidagi mashhur sayyohlik shaharchasi Pahalgamda terakt uyushtirdi. Xaki kiyimidagi erkaklar avtomatlardan o‘q uzib, 25 Hindiston fuqarosi va 1 Nepal fuqarosini o‘ldirgan. Jinoyatchilar voqea joyidan qochishga muvaffaq bo‘lgan.

Ko‘p odamlar yaralangan. Hujumni “Qarshilik ko‘rsatish maydoni” deb nomlangan guruh o‘z zimmasiga oldi. Bu guruh Pokistonda taqiqlangan “Lashkar-i-Toyiba” tashkilotiga aloqador. Ushbu voqeadan so‘ng Hindiston Pokiston bilan suv shartnomasini to‘xtatdi va Yangi Dehlidagi pokistonlik maslahatchilardan mamlakatni tark etishni talab qildi. Pokistonliklarga berilgan vizalar ham bekor qilingan.

Kiritildi: 11:23 06.05.2025. O'qildi: 490 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!