U Starlink'ka raqobatchi hisoblanadi, deyiladi The Insider xabarida.
Xabar berilishicha, 24 dekabr kuni Satish Dhovan nomidagi Kosmik markazdan uchirilgan Hindistonning uch bosqichli LVM3M6 tashuvchi raketasi Qo‘shma Shtatlarning ACT SpaceMobile kompaniyasiga tegishli BlueBird 6 aloqa sun’iy yo‘ldoshini Yer atrofidagi orbitaga olib chiqdi.
"Bu AST SpaceMobile'ning mobil qurilmalarni aloqa bilan ta’minlash uchun mo‘ljallangan tijoriy maqsaddagi birinchi sun’iy yo‘ldoshi. Ushbu sun’iy yo‘ldosh Direct-to-Cell, ya’ni mobil telefonlar bilan bevosita aloqa segmentida Starlink'ning yagona to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqibi hisoblanadi", deya yozmoqda nashr ekspertlarga tayanib.