Hindistonlik olimlar faqat saraton hujayralari ichida faol bo‘lgan yangi dori ishlab chiqardilar. Bu kimyoterapiyaga alternativa bo‘lishi mumkin. Bu haqda Hindiston Fan va texnologiyalar vazirligi ma’lum qildi, deb xabar beradi BelTA.
RK-251 deb nomlangan dori Hindistonning Fan va texnologiyalar bo‘yicha ilg‘or tadqiqotlar instituti va Guvaxatidagi Hindiston texnologiya instituti olimlari tomonidan ishlab chiqarilgan.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, faqat saraton hujayralari ichida harakat qilish uchun mo‘ljallangan yangi "aqlli" dori ko‘p hollarda sog‘lom hujayralarga zarar yetkazadigan an’anaviy kimyoterapiya o‘rnini bosishi mumkin.
RK-251 sog‘lom to‘qimalarda faol bo‘lmaydi va asosan o‘sma hujayralari ichida faollashadi. Vazirliklik ma’lumotlariga ko‘ra, preparatning ta’sir mexanizmi saraton hujayralarida reaktiv kislorod turlarining yuqori darajasiga asoslangan.
Tadqiqot davomida RK-251 preparatining toksikligining aniq belgilari aniqlanmadi. Bu uning xavfsizligi va samaradorligini yanada o‘rganish imkoniyati mavjudligidan dalolat beradi.
Hindiston Fan va texnologiyalar vazirligi ham preparat hali klinikadan oldingi tadqiqotlar bosqichida ekanligini ta’kidladi. Uning odamlarda qo‘llanilishi salohiyatini baholash uchun qo‘shimcha tadqiqotlar o‘tkazish kerak.
Kiritildi: 14:12 21.08.2026.
O'qildi: 825 marta.
Fikrlar soni: 0 ta.