Bugun 15 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Havo ifloslanishini kamaytirish uchun O‘zbekiston qanday choralarni ustuvor deb hisoblaydi?

Havo ifloslanishini kamaytirish uchun O‘zbekiston qanday choralarni ustuvor deb hisoblaydi?


SOP31 doirasida O‘zbekiston vakillari shaharlarda havo sifatini yaxshilash va iqlimiy barqarorlikni oshirish bo‘yicha mamlakatning asosiy yondashuvlarini xalqaro ekspertlar bilan muhokama qildi.

Iqlim o‘zgarishi milliy markazi direktor o‘rinbosari Timur Sabitov uchta asosiy vazifani belgilab berdi:

🔹 Shahar infratuzilmasini modernizasiya qilish. O‘zbekiston 2035 yilga qadar yalpi ichki mahsulot birligiga nisbatan issiqxona gazlari solishtirma emissiyasini 2010 yilga nisbatan 50 foizga kamaytirishni maqsad qilgan.

🔹 Monitoring tizimini rivojlantirish. Havo sifatini kuzatish stansiyalari tarmog‘ini kengaytirish, chang va qum bo‘ronlarini oldindan prognoz qilish imkoniyatlarini kuchaytirish rejalashtirilgan.

🔹 Ekologik loyihalarni moliyalashtirish. Grantlar va texnik ko‘makni jalb etish, monitoring infratuzilmasini yangilash hamda zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish muhim vazifalar sifatida qayd etildi.

Shuningdek, sanoat korxonalari ustidan ekologik nazoratni kuchaytirish, zararli chiqindilarni tozalash texnologiyalaridan samarali foydalanish zarurligi ta’kidlandi.

Kiritildi: Bugun 19:30. O'qildi: 175 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik