Bugun 23 fevral, 2026 yil, dushanba

КИР

Hakamga bosim o‘tkazgan Messi jazolanmaydigan bo‘ldi

Hakamga bosim o‘tkazgan Messi jazolanmaydigan bo‘ldi

MLS «Inter Mayami» yulduzi Lionel Messini oqladi, deb xabar bermoqda Guardian nashri. Argentinalik hujumchi muntazam chempionatning birinchi turi doirasidagi «Los-Anjeles»ga qarshi o‘yinda hakamlarga bosim o‘tkazganlikda ayblanayotgan edi.

Lionel jamoasi Kaliforniya klubidan 0:3 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchradi. Final hushtagidan so‘ng Messi suhbatlashish uchun hakamlar xonasiga yo‘l olgan.

Manbaning ta’kidlashicha, MLS komissiyasi ushbu vaziyatni o‘rganib chiqdi va sakkiz karra «Oltin to‘p» sohibining harakatlarida qoidabuzarlik topmadi. Liga argentinalik futbolchi hakamlarning kiyinish xonasiga kirmaganini alohida qayd etdi.

Navbatdagi uchrashuvni «Inter Mayami» «Orlando Siti»ga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: Bugun 13:52. O'qildi: 262 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!