Engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Habib Nurmagomedov O‘zbekiston milliy terma jamoasining 2026 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatidagi imkoniyatlarini baholadi. Uning fikricha, jamoa kamida guruh bosqichidan chiqa oladi.
«Ularning yetakchisi bor — Husanov. Jamoa juda chanqoq, o‘zini ko‘rsatishni istaydi. Menimcha, ular kamida guruhdan chiqishi kerak», — dedi u «Okko Sport»ga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, Habib Nurmagomedov aralash yakkakurashlardagi faoliyati davomida 29 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. U so‘nggi jangini 2020 yilda o‘tkazib, amerikalik Jastin Geyji ustidan g‘alaba qozongan edi.