Xosep Gvardiola "Manchester Siti" bosh murabbiyligidan ketganiga qaramay, klub bilan aloqalarini saqlab qolgan.
The Touchline tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, hozirda murabbiylik faoliyati bilan shug‘ullanmayotgan ispaniyalik mutaxassis City Football Group tashkilotining global elchisi vazifasini bajarmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Gvardiola o‘tgan yozda "Manchester Siti"ni tark etgan, uning o‘rniga esa Enso Mareska bosh murabbiy etib tayinlangan edi.
Ayni paytda "shaharliklar" Angliya Premyer-ligasining 10 ta turidan keyin 21 ochko bilan turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Jamoa peshqadam "Arsenal"dan 6 ochko ortda qolmoqda.