Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Gvardiola «Siti» futbolchisining jamoadan ketayotganini e’lon qildi

Gvardiola «Siti» futbolchisining jamoadan ketayotganini e’lon qildi

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa vingeri Oskar Bobb tez orada jamoani tark etishi haqida bayonot berdi.

Norvegiyalik futbolchi klubni tark etib, "Fulxem"ga o‘tish istagini bildirgan.

"O‘ylashimcha, Oskar Bobb shu oyda ketmoqchi", - deya ispaniyalik mutaxassisning so‘zlarini keltiradi insayder Fabrisio Romano.

OAV ma’lumotiga ko‘ra, 22 yoshli norvegiyalik London klubi bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Futbolchi AQShda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati oldidan ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni istamoqda.

2025/2026 yilgi mavsumda Bobb klubning barcha turnirlarida 15 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning bozor qiymati 25 mln yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 10:07 26.01.2026. O'qildi: 4974 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik