Bugun 5 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

Gvardiola Rodrini «Real»ga qo‘yib yuborish uchun ikki yulduzni talab qilmoqda

Gvardiola Rodrini «Real»ga qo‘yib yuborish uchun ikki yulduzni talab qilmoqda

«Manchester Siti» va Madridning «Real» klublari mavsum yakunida shov-shuvli kelishuvni amalga oshirishlari mumkin. Bu haqda El Nacional jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, «shaharliklar» ustozi Xosep Gvardiola ispaniyalik yarim himoyachi Rodri Ernandesni «qirollik klubi»ga qo‘yib yuborishga tayyor, biroq bir shart bilan. Mutaxassis uning evaziga «qaymoqranglilar»ning urugvaylik xavbeki Federiko Valverde va braziliyalik vingeri Rodrigoni o‘z jamoasida ko‘rishni istamoqda.

29 yoshli Rodrining ingliz klubi bilan shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. «Oltin to‘p» sohibining bozor qiymati 75 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 23:43 04.02.2026. O'qildi: 218 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!