Bugun 15 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Gvardiola og‘ir vaziyatda "Siti"ni qo‘llab-quvvatlamoqchi

Gvardiola og‘ir vaziyatda "Siti"ni qo‘llab-quvvatlamoqchi

Xosep Gvardiola yaqin vaqt ichida "Manchester Siti" stadioniga mehmon sifatida qaytishi mumkin.

The Real Tolmie's Hairdoo ma’lumotiga ko‘ra, klubning sobiq bosh murabbiyi jamoaning navbatdagi uy uchrashuvlaridan biriga tashrif buyurish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, ispaniyalik mutaxassis "Siti" rahbariyatiga hozirgi murakkab vaziyatda jamoani qo‘llab-quvvatlashni xohlayotganini bildirgan.

"Manchester Siti" atrofida so‘nggi vaqtlarda moliyaviy qoidalar bilan bog‘liq ish tufayli bosim kuchaygan. Klub esa o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni rad etib kelmoqda.

Enso Mareska boshchiligidagi jamoa 11 oktyabr kuni Premyer-ligada "Liverpul" mehmoni bo‘ladi. 14 oktyabrda esa "Manchester Siti" Chempionlar ligasida "PSJ"ni o‘z maydonida qabul qiladi.

Shu bois Gvardiolaning "Etihad"ga ehtimoliy tashrifi aynan Parij klubiga qarshi bahsga to‘g‘ri kelishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Kiritildi: 13:38 03.10.2026. O'qildi: 558 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!