Bugun 18 yanvar, 2026 yil, yakshanba

КИР

Gvardiola «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘yinda mag‘lubiyat haqida nimalar dedi?

Gvardiola «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘yinda mag‘lubiyat haqida nimalar dedi?

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya Premyer-ligasining 22-turi doirasida «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyat yuzasidan fikr bildirdi. «Qizil iblislar» uchrashuvda 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

«Eng kuchli jamoa g‘alaba qozondi. Ular bizdan ustun edi. Agar raqib jamoa yaxshiroq o‘ynasa, bunga tan berish kerak. Ularda bizda yetishmagan energiya bor edi, shuning uchun tabriklayman. O‘yin oxirida ularda imkoniyatlar bo‘ldi va, albatta, biz o‘tkazib yuborgan gollar juda yomon edi. Biz o‘yinni nazorat qila olmadik. Ayrim epizodlar haqida gapirish mumkin, ammo biz butun o‘yinni tahlil qilishimiz kerak — va bu o‘yinda ular yaxshiroq edi», — deya Gvardiolaning so‘zlarini BBC Sky Sports’ga tayanib keltiradi.

APLning 22 ta turidan so‘ng «qizil iblislar» 35 ochko jamg‘arib, to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. «Shaharliklar» esa 43 ochko bilan ikkinchi pog‘onada joylashgan.

Kiritildi: 23:24 17.01.2026. O'qildi: 357 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!