Bugun 24 fevral, 2025 yil, dushanba

КИР

Gvardiola «Liverpul»ga qarshi bahsda Husanovning o‘yiniga baho berdi

Gvardiola «Liverpul»ga qarshi bahsda Husanovning o‘yiniga baho berdi

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya Premyer-ligasining 26-turidan o‘rin olgan «Liverpul»ga qarshi o‘yin (0:2) haqida fikr bildirdi. U shuningdek, jarohati sababli maydonga tushmagan hujumchi Erling Xoland haqida ham gapirib o‘tdi.

Gvardiola o‘yindan so‘ng BBC nashriga quyidagilarni aytdi:

«Xoland chorshanba kuni maydonga tushadimi? Bilmayman. Biz natijaga erisha olmadik, deb aytish Xolandning yo‘qligi bilan bog‘liq emas. Bu boshqa o‘yinchilarga nisbatan nohaqlik bo‘ladi. Biz ko‘proq gol urishimiz mumkin edi, lekin umuman olganda, hammasi joyida».

«Husanov qanday o‘ynadi? U Madridda ham juda yaxshi harakat qilgandi, o‘ng himoyachi sifatida Vinisiusni nazorat qila olgandi. Bugun ham xuddi shu kabi tezkor va intizomli bo‘ldi. Albatta, u hali rivojlanishi kerak, lekin u ajoyib qobiliyatlarga ega. Niko [Gonsales] va Omar [Marmush] ham shunday, lekin jismonan kuchli raqibga qarshi o‘ynash ular uchun oson emas».

Eslatib o‘tamiz, himoyachi Abduqodir Husanov, yarim himoyachi Niko Gonsales va hujumchi Omar Marmush qishki transfer oynasida «Manchester Siti» tarkibiga qo‘shilgandi. Norvegiyalik hujumchi Erling Xoland esa jarohati sababli «Liverpul»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yubordi.

Kiritildi: Bugun 10:55. O'qildi: 2219 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!