Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Gvardiola katta ehtimol bilan mavsum oxirida «Manchester Siti»dan ketadi. Allaqachon uning o‘rniga asosiy da’vogar nomi ma’lum

Gvardiola katta ehtimol bilan mavsum oxirida «Manchester Siti»dan ketadi. Allaqachon uning o‘rniga asosiy da’vogar nomi ma’lum

The Athletic jurnalisti Devid Ornshteyn xabariga ko‘ra, 2025/26 yilgi mavsum Xosep Gvardiola uchun "Manchester Siti" boshqaruvidagi so‘nggisi bo‘lishi kutilmoqda. Bu borada yakuniy qaror mavsum yakuniga yaqin qabul qilinadi.

Manbaning ta’kidlashicha, "Manchester Siti" Gvardiola o‘rniga boshqa murabbiy izlamoqda. Murabbiy o‘zgargan taqdirda "shaharliklar" uchun asosiy nomzodlar orasida hozirda "Chelsi"da ishlayotgan Enso Mareska bor.

Mareska avvalroq Gvardiola shtabida ishlagan, shuningdek, "Manchester Siti" yoshlar jamoasini boshqargan. Mutaxassis yaqin kelajakda "Chelsi"dan iste’foga chiqarilishi mumkinligi haqida mish-mishlar yuribdi.

Kiritildi: 19:23 18.12.2025. O'qildi: 751 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!