«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya Premyer-ligasining 29-turidan o‘rin olgan «Brayton»ga qarshi o‘yinda (2:2) jamoasining o‘yinini tahlil qildi.
«Jeremi [Doku] juda xavfli o‘yin ko‘rsatdi. Omar [Marmush] ham ajoyib harakat qildi, u gol urdi va golli uzatma berdi. Ruben [Diash] va Husa [Abduqodir Husanov] ham ajoyib o‘yin namoyish etdi. Umuman olganda, barchasi yaxshi edi. Biz ikkinchi bo‘limni 2:1 hisobida boshladik va bir nechta yaxshi vaziyatlar yaratdik. Lekin o‘yin oxirida diqqatni yo‘qotdik, xatoga yo‘l qo‘ydik va raqib hisobni tenglashtirdi. Bunday holatlar futbolda uchrab turadi», — deydi Gvardiola klub rasmiy saytiga bergan intervyusida.