Bugun 12 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

Gvardiola Husanovni Uokerga qiyosladi

Gvardiola Husanovni Uokerga qiyosladi

«Manchester Siti» ustozi Pep Gvardiola «Fulxem»ga qarshi bahsdan so‘ng o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanovning o‘yiniga yuqori baho berdi.

APLning 26-turi doirasidagi «Fulxem» bilan bahsda (3:0) Husanov 60-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi va o‘zi uchun odatiy bo‘lmagan o‘ng qanot himoyasi pozisiyasini egalladi.

«Bir necha daqiqa Husanovni yana o‘ng qanotda ko‘rishni istadim. Uning uslubi Kayl Uokerning gullagan davrlariga o‘xshab ketadi. Husanov uningdek o‘ynay olishini bilaman» - dedi Gvardiola.

Abduqodir Husanov Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida shu kungacha 12 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

Kiritildi: Bugun 11:11. O'qildi: 310 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!