"Manchester Siti" Chempionlar ligasi 1/8 finalida "Real" bilan to‘qnash keladigan bo‘ldi. Yevropaning eng nufuzli klublar o‘rtasidagi turnirida ushbu jamoalar o‘zaro 15 ta o‘yin o‘tkazishgan bo‘lib, ularning 12 tasi pley-off bosqichiga to‘g‘ri keladi. "Manchester Siti" va "Real" musobaqaning oxirgi to‘rtta mavsumida ham pley-offda bir-birlariga raqiblik qilishgan.
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola qur’a natijasiga quyidagicha munosabat bildirdi:
"Real"ga tushganimiz haqidami? Klubimizning fikricha, ushbu turnir tarixidagi eng yaxshi jamoalarga qarshi qancha ko‘p o‘ynasangiz, shuncha ko‘p narsa o‘rganasiz va raqobatlashasiz — bu esa sizni yanada kuchli qiladi", — dedi Gvardiola jurnalistlarga.
"Real"ga qarshi birinchi o‘yin "Manchester Siti" uchun safarda, javob uchrashuvi esa o‘z maydonida bo‘lib o‘tadi.