Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Guterrish AQSh va Eron o‘rtasidagi mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal etishga chaqirdi

Guterrish AQSh va Eron o‘rtasidagi mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal etishga chaqirdi

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish AQSh va Eron o‘rtasidagi keskinlikni bartaraf etish uchun jiddiy diplomatik muzokaralar o‘tkazish zarurligini ta’kidladi. U tomonlarni «urush yo‘q, tinchlik ham yo‘q» degan mavhum holatga chek qo‘yishga chaqirdi.

Tasnim News xabariga ko‘ra, Guterrish bu haqda dushanba kuni Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assosiasiyasi (ASEAN) sammitida so‘zlagan nutqida ma’lum qilgan.

«Hozirgi “urush yo‘q, tinchlik yo‘q” holatiga chek qo‘yish kerak. Bizga diplomatik yechim zarur», — degan BMT Bosh kotibi. U Tehron va Vashington o‘rtasida muzokaralar boshlanishi muhimligini alohida qayd etgan.

Guterrishning chaqiriqlari Eron rasmiylari mamlakat hali ham urush holatida ekani va AQSh bosimiga qarshi turishi kerakligini ta’kidlayotgan bir paytda yangradi.

Eron tashqi ishlar vazirining huquqiy va xalqaro masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Kazem G‘aribobodiyning aytishicha, mamlakat hozir ham urush holatida. Uning ta’kidlashicha, AQShning harbiy harakatlari davom etayotgan sharoitda Eronning javob choralari qonuniy o‘zini himoya qilish hisoblanadi.

«Kecha AQSh harbiy harakatlarni amalga oshirdi va biz urush holatidamiz. Agar Vashington o‘z maqsadlariga shu yo‘l bilan erisha olaman deb o‘ylasa, bu usulni avval ham sinab ko‘rgan va muvaffaqiyatsizlikka uchragan», — degan G‘aribobodiy.

Eron vakili diplomatik kelishuv imkoniyati ham mavjudligini bildirgan. Biroq uning so‘zlariga ko‘ra, buning uchun AQSh Islomobod kelishuvlarida ko‘rsatilgan Eron shartlarini bajarishi lozim. Ushbu masala hozirda vositachilar bilan muhokama qilinayotganini qo‘shimcha qilgan.

Kiritildi: 17:52 16.11.2026. O'qildi: 459 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik