Gruziya maxsus xizmati mamlakatda 24–25 iyul kunlari sodir bo‘lgan keng ko‘lamli elektr energiyasi uzilishi yuzasidan qo‘poruvchilik harakati moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.
Gruziya hukumati ma’lumotiga ko‘ra, tergov elektr ta’minotidagi yirik uzilish sabablarini aniqlash va unda qasddan sodir etilgan harakatlar bo‘lgan-bo‘lmaganini tekshirishga qaratilgan.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar hodisa bilan bog‘liq barcha holatlarni o‘rganmoqda. Tergov natijalariga ko‘ra, elektr ta’minotidagi uzilishning kelib chiqish sabablari va ehtimoliy aybdor shaxslar bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar e’lon qilinishi kutilmoqda.