Ayni vaqtda mamlakat poytaxti Tbilisi shahrida elektr energiyasi yo‘q.
Shuningdek, internet ishida ham uzilishlar kuzatilmoqda.
Gruziyaning barcha aholisi suv va sham g‘amlab qo‘yishga chaqirildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Ozurgeti, Poti va Rustavi shaharlarida ham elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.
Gruziyada oxirgi ikki kunda ikkinchi marta yuz bergan elektr energiyasi ta’minotidagi keng ko‘lamli uzilish (blekaut) sababli, poyezdlar va metro harakati to‘xtatildi.