Agar Yevropa Ittifoqi qaror qilsa, Gruziya ertadan boshlab umumiy Yevropa kelajagi uchun muhim masalalar bo‘yicha munosabatlarni davom ettira oladi.
Bu haqda tashqi ishlar vaziri Maka Bochorishvili Vengriyaga tashrifi chog‘ida jurnalistlarga ma’lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Gruziyaga nisbatan adolatsizlikka chek qo‘yish uchun YEIga biroz jasorat kerak.
"Bu qadamni tashlash va Gruziyaga nisbatan adolatsiz harakatlarni to‘xtatish uchun ma’lum darajada jasorat kerak, chunki bu allaqachon yaqqol ko‘rinib turibdi va biz buni ko‘rib turibmiz”, - dedi Bochorishvili.