Gruziya bosh vaziri Irakliy Kobaxidze Turkmaniston, O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirlarini qabul qildi.
Gruziya hukumati matbuot xizmati xabar berishicha, Kobaxidze rasmiy kechki ovqat chog‘ida mehmonlarga tashrif uchun minnatdorlik bildirgan.
U Tbilisi uchun Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan munosabatlarni chuqurlashtirish va turli sohalardagi hamkorlikni kengaytirish ustuvor vazifa ekanini ta’kidlagan.
Qayd etish joizki, 23 oktyabr kuni Batumi shahrida Gruziya va Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Uchrashuv doirasida Gruziya bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Maka Bochorishvilining hamkasblari bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazishi kutilmoqda.