Bugun 25 oktyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Gripen qiruvchi samolyotlarini sotib olish haqidagi kelishuv imzolandi

Gripen qiruvchi samolyotlarini sotib olish haqidagi kelishuv imzolandi

Shvesiya va Ukraina Kiyevga 150 tagacha Gripen qiruvchi samolyotlarini sotib olish niyati haqidagi kelishuvni imzoladi.

Bu haqda Shvesiya bosh vaziri Ulf Kristersson Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan bo‘lib o‘tgan qo‘shma matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yetkazib berishning aniq muddatlari hozircha noma’lum.

"Bu kelishuv hozircha aniq yangi yetkazib berishlarga qaratilmagan, balki uzoq muddatli hamkorlik va mamlakatlarimiz o‘rtasida yirik bitim tuzish imkoniyatini ifodalaydi. Gap taxminan 100–150 ta Gripen E samolyoti haqida ketmoqda. Bu Ukrainaga qudratli havo kuchlarini barpo etish imkonini beradi", — dedi Kristersson.

Kiritildi: 22:38 22.10.2025. O'qildi: 949 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!