Bugun 3 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Grant taqsimoti uchun ariza berish 10 avgustga qadar davom etadi

Grant taqsimoti uchun ariza berish 10 avgustga qadar davom etadi

Davlat qabul komissiyasining bayoniga asosan, 2024/2025-o‘quv yilida o‘qishga qabul qilingan talabalar uchun ta’lim grantlarini qayta taqsimlash bo‘yicha talabgorlarni ro‘yxatdan o‘tkazish muddati 2025 yil 10 avgustga qadar uzaytirildi.

Ya’ni grant taqsimlash uchun ariza berishga ulgurmay qolganlar 10 avgustgacha hujjatlarini taqdim etishi mumkin. Arizalar oliygohlarning veb-saytlari orqali yoki kontrakt.edu.uz saytida qabul qilinmoqda.

🖊Talabalar ariza berishda 3 xil grantdan birini tanlashi kerak:

✅ To‘liq va to‘liq bo‘lmagan grant (GPA 3,5 dan baland);

✅ Qo‘shimcha davlat granti (faqat ijtimoiy himoya reestrida “qizil” va “sariq” toifadagi oilalar a’zolari uchun, GPA 4 dan baland);

✅OTM granti (GPA 3,3 dan 4 gacha).

Imtiyozli yoki maqsadli grantga kirganlar, shuningdek, sirtqi, kechki va masofaviy shaklda o‘qiydiganlar ariza yubora olmaydi.

Kiritildi: 14:07 04.08.2025. O'qildi: 964 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!