AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaro haqida "qiziq narsalarni o‘rganganini" va ular yaqin kunlarda ma’lum bo‘lishini aytdi.
Tramp bu haqda Oq uyning Oval kabinetidagi chiqishi chog‘ida aytib o‘tdi.
Amerika rahbari, shuningdek, Moskva va Kiyev harakatlarini diqqat bilan kuzatishda davom etishini aytib, tez orada muayyan choralar ko‘rishga va’da berdi.
Biroq Tramp qanday choralar ko‘rilishini aytmadi.