Bugun 3 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Transport vazirining birinchi o‘rinbosari hibsga olindi

Transport vazirining birinchi o‘rinbosari hibsga olindi

Qirg‘izistonda Qirg‘iz Respublikasi transport va kommunikasiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari va pudratchi kompaniyaning ijrochi direktori Norin yo‘llarini kapital ta’mirlash vaqtida qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yganlikda gumon qilinmoqda.

Qirg‘iz Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil 31 avgust kuni o‘tkazilgan tergov-surishtiruv ishlari davomida Norin IIB xodimlari tomonidan Norin shahridagi Sheraliyev va Lenin ko‘chalarini kapital ta’mirlash jarayonida Qirg‘iz Respublikasi transport va kommunikasiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari S.T. va “Beta-Grup” kompaniyasi ijrochi direktori M.A. qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi va Norin viloyati ichki ishlar boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 337-moddasi (xizmat vakolatlarini suiiste’mol qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchilar vaqtinchalik saqlash izolyatoriga joylashtirildi. Hozirda tergov davom etmoqda.

Kiritildi: 22:43 02.09.2025. O'qildi: 1503 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!