Argentina prezidentining singlisi, Prezident ma’muriyati bosh kotibi lavozimini egallab turgan Karina Miley dori-darmonlarni xarid qilishda korrupsion sxemalarda ishtirok etganlikda ayblanmoqda. Bu haqda CNN telekanali xabar berdi.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, mahalliy Carnaval striming-kanalida Karina Miley va yuqori martabali amaldorlar o‘rtasidagi suhbatlar mavjud bo‘lgan audioyozuvlar chop etilgan. Ushbu yozuvlarda uning korrupsiya sxemalarida ishtirok etganligi to‘g‘risida to‘g‘ridan-to‘g‘ri dalillar mavjud emas, lekin Argentina Nogironlar milliy agentligi uchun dori-darmonlar narxining oshirib yuborilishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Suhbatlarning bir qismi prezident saroyi ichida yozib olingan.
Prezident matbuot kotibi Manuel Adorni allaqachon Xavyer Miley ma’muriyati Federal sudga shikoyat qilganini e’lon qildi. Ularning fikricha, audioyozuv noqonuniy ravishda olingan va saylov kampaniyasi qizg‘inda mamlakatdagi vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan.
Argentina federal sudyasi Mileyning singlisiga tegishli audioyozuvlarni nashr etishni taqiqlash haqida qaror chiqardi.