Bugun 3 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Kim Chen In Xitoyga qizi bilan keldi

Kim Chen In Xitoyga qizi bilan keldi

KXDR yetakchisi Kim Chen In Xitoyga qizi Kim Chju E bilan borgan bo‘lishi mumkin, deb xabar berdi Yonhap agentligi Janubiy Koreya Milliy razvedka xizmatiga (NIS) tayanib.

NIS bu haqda Kim Chen In Ikkinchi jahon urushi yakunlanishi munosabati bilan o‘tkaziladigan marosimda ishtirok etish uchun zirhli poyezdda Pekinga borganidan ko‘p o‘tmay ma’lum qildi.

«Koreya markaziy telegraf agentligi» tomonidan e’lon qilingan safar fotosuratlarida Shimoliy Koreya yetakchisi yonida yosh qiz turgani ko‘rinadi. NIS bu Kim Chju E ekanini taxmin qilmoqda.

«Kim Chen In Xitoyga tashrifi chog‘ida qizi Kim Chju Eni o‘zi bilan olib ketganga o‘xshaydi», deb ma’lum qildi razvedka.

NIS ma’lumotlariga ko‘ra, bu Kim Chen Inning qizi hamrohligida Xitoyga birinchi tashrifi - u ilgari rafiqasi Li Sol Chju bilan borgan. Yonhap Kim Chju E 2022 yildan beri muntazam ravishda rasmiy tadbirlarda otasining yonida paydo bo‘lishini eslatdi.

Kiritildi: 23:12 02.09.2025. O'qildi: 1724 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!