Prezident Administrasiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Samarqandning jadal rivojlanib borayotgan madaniy hayotiga yuqori baho berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, boy tarixiy merosga ega ushbu qadimiy shahar bugun turli xalqlarning madaniyati va an’analarini birlashtirgan markaz sifatida xalqaro maydonda tobora ko‘proq tanilmoqda.
“Bu bilan mamlakatimiz va butun mintaqa uchun yangi istiqbolli imkoniyatlarga yo‘l ochilayotgani shubhasiz”, — dedi Mirziyoyeva.
U, shuningdek, taniqli italyan tenori Andrea Bochellining 1 sentyabr kuni Registon maydonida bo‘lib o‘tgan konsertida ishtirok etib, san’atkorning betakror ijrosini yuqori baholadi. “Bochellining ovozi O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri jo‘rligida maydon uzra jarangladi”, — dedi u.
Mirziyoyeva tadbirning UNESCO shafeligida o‘tkazilganini alohida qayd etib, bu Samarqandning nafaqat mintaqaviy, balki jahon miqyosidagi madaniy markaz sifatidagi o‘rnini mustahkamlab borayotganini ta’kidladi.