Xitoy armiyasi Ikkinchi jahon urushi tugaganligi va Yaponiya taslim bo‘lganligining 80 yilligi sharafiga o‘tkazilgan paradda DF-5C strategik yadroviy qit’alararo raketasini taqdim etdi.
Ma’lumki, bunday raketalarni yo‘q qilish radiusi butun sayyorani qamrab oladi.
Bundan tashqari, tadbirda Pekin yangi og‘ir torpedalar va suv osti minalarini namoyish etdi.
Shuningdek, paradda to‘rt turdagi yangi avlod radarlariga ega havo hujumidan mudofaa kuchlari kolonnasi ham bor edi.