Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Google Yevropa Ittifoqiga 4,1 milliard yevro jarima to‘laydi – DW

Google Yevropa Ittifoqiga 4,1 milliard yevro jarima to‘laydi – DW

AQShning Google korporasiyasi mobil qurilmalar operasion tizimlari bozoridagi ustunlik mavqeini suiiste’mol qilganlikda ayblanib, sakkiz yil avval YEI antimonopol organlari tomonidan solingan rekord darajadagi jarima bo‘yicha sud jarayonida uzil-kesil mag‘lubiyatga uchradi.

Google va uning bosh kompaniyasi Alphabet tomonidan berilgan apellyasiya Lyuksemburgdagi Yevropa Ittifoqi sudi tomonidan rad etildi.

Ushbu sud ishi 2018 yilda, Yevropa komissiyasi Google o‘zining qidiruv tizimi ustunligini mustahkamlash maqsadida Android tizimidagi mobil qurilmalar ishlab chiqaruvchilari va mobil aloqa operatorlari uchun noqonuniy cheklovlar kiritgan degan xulosaga kelganida boshlangan edi.

Google vakillari bu da’voni asossiz deb atab, sudni kompaniyaning Android tizimini foydalanuvchilar uchun ochiqligini ta’minlashga kiritgan sarmoyalarini hisobga olmaganlikda aybladi. Shuningdek, kompaniya Bryusselni Apple o‘z xizmatlarini iPhone'da targ‘ib qilishdagi shunga o‘xshash amaliyotiga ko‘z yumayotganlikda tanqid qildi, deyiladi xabarda.

Kiritildi: 20:24 02.07.2026. O'qildi: 864 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!