Bugun 8 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Gonkong Rossiyadan oltin import qilishni rekord darajaga oshirdi

Gonkong Rossiyadan oltin import qilishni rekord darajaga oshirdi

Gonkong 2026 yilning dastlabki yetti oyida Rossiyadan 112,7 tonna oltin import qildi. Bu mamlakat tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi, deb xabar berdi CNBC BullionVault kompaniyasi tahliliga tayanib.

Rossiyadan yetkazib berilgan oltin hajmi 2025 yil davomidagi ko‘rsatkichdan ham oshib ketgan. O‘tgan yil Gonkong Rossiyadan 92,1 tonna oltin import qilgan.

Taqqoslash uchun, 2021 yilda, G‘arb sanksiyalari joriy etilguniga qadar, Rossiyadan Gonkongga atigi 3,3 tonna oltin yetkazib berilgan.

Tahlilchilar Rossiya oltini eksportining Osiyo bozorlariga qayta yo‘naltirilganini import hajmining keskin oshishiga asosiy sabablardan biri sifatida ko‘rsatmoqda.

Gatehouse Advisory Partners katta maslahatchisi Vita Spivakning ta’kidlashicha, Gonkongga kelayotgan Rossiya oltining muhim qismi keyinchalik materik Xitoyiga yo‘naltirilmoqda.

2022 yildan keyin AQSH, Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya Rossiya oltini importiga nisbatan cheklovlar joriy qilgan. Xitoy esa ushbu sanksiyalarga qo‘shilmagan.

Kiritildi: 22:51 06.10.2026. O'qildi: 475 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!