Bugun 29 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Gollivud filmlarida rol ijro etgan aktrisasi 86 yoshida vafot etdi

Gollivud filmlarida rol ijro etgan aktrisasi 86 yoshida vafot etdi

1960-yillarda Gollivudning bir qator filmlarida rol ijro etgan nemis aktrisasi Elke Zommer 86 yoshida vafot etdi.

Bu haqda aktrisaning oilasiga yaqin manbalar ma’lum qilgan.

Elke Zommer Kaliforniya shtatidagi Los-Anjeles shahrida joylashgan o‘z uyida yurak yetishmovchiligi oqibatida vafot etgan. Aktrisa turmush o‘rtog‘i vafotidan uch oy o‘tib hayotdan ko‘z yumgan. Uning jasadi Bavariyadagi oilaviy maqbaraga dafn etiladi.

Elke Zommer 1940 yilda Berlinda tug‘ilgan. Uning Gollivuddagi ilk roli 1963 yilda Pol Nyuman ishtirok etgan «Mukofot» (The Prize) filmida bo‘lgan. Ushbu filmdagi ishtiroki uchun aktrisa 1964 yilda «Eng yaxshi debyutant» nominasiyasida «Oltin globus» mukofotiga sazovor bo‘lgan.

Elke Zommerning filmografiyasida jami 100 ta film va teleserial mavjud. Ular orasida «Qorong‘idagi otishma» (A Shot in the Dark, 1964), «Kalxatlar orasida» (Unter Geiern, 1964), «O‘n nafar negr bola» (Ein Unbekannter rechnet ab, 1974) filmlari hamda «Buyuk Pyotr» (Peter the Great, 1985) mini-seriali bor.

Kiritildi: Bugun 15:55. O'qildi: 292 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!