Bugun 30 may, 2025 yil, juma

КИР

Goal portali mavsumning eng yaxshi futbolchilaridan iborat ramziy jamoa tuzib chiqdi

Goal portali mavsumning eng yaxshi futbolchilaridan iborat ramziy jamoa tuzib chiqdi

Goal portali jurnalistlari o‘z versiyasiga ko‘ra 2024/2025 yilgi mavsum ramziy terma jamoasini tuzdi. Unga Kataloniyaning "Barselona," Fransiyaning "PSJ," "Liverpul" va "Arsenal" klublari futbolchilari kiritilgan.

Darvozabon: Donnarumma ("PSJ").

Himoyachilar: Mendesh ("PSJ"), Gabriel ("Arsenal"), van Deyk ("Liverpul"), Hakimiy ("PSJ").

Yarim himoyachilar: Nevesh, Vitinya (ikkalasi - "PSJ"), Pedri ("Barselona").

Hujumchilar: Rafinya ("Barselona"), Dembele ("PSJ"), Lamin Yamal ("Barselona").

Eslatib o‘tamiz, 1 iyun, shanba kuni Yevropa Chempionlar ligasining final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Myunxendagi "Alyans Arena"da bo‘lib o‘tadigan hal qiluvchi bahsda Milanning "Inter" va "PSJ" klublari to‘qnash keladi.

Kiritildi: 17:03 29.05.2025. O'qildi: 399 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!