Hukumat qarori (359-son, 02.07.2026 y.) bilan “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni olib kirish, olib chiqish uchun sertifikat berish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
🔰 Nizom giyohvandlik vositalari va psixotrop ustidan davlat nazorati choralarini kuchaytirish maqsadida ularni O‘zbekistonga olib kirish va O‘zbekistondan olib chiqishda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni (sertifikat) berish tartibini belgilaydi.
🔎 Nizomga ko‘ra, sertifikatdan faqat 1 marta foydalaniladi va uning amal qilish muddati 1 yilni tashkil qiladi.
📑 Giyohvandlik vositalarini olib kirish, olib chiqishga ruxsat berish uchun sertifikat olish talablari va shartlariga quyidagilar kiradi:
🔹 ariza beruvchida giyohvandlik vositalari muomalasi bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi lisenziyaning mavjudligi;
🔹 giyohvandlik vositalarini olib kirish va olib chiqishda qonunchilikka majburiy rioya qilinishi;
🔹 sertifikatni olish uchun taqdim etiladigan ma’lumotlarning ishonchliligini ta’minlash va boshqalar.
💸 Arizani ko‘rib chiqish va sertifikatni rasmiylashtirish uchun BHMning 8 baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
✅ Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi arizani qabul qilingan kundan boshlab 30 ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqib, sertifikat beradi yoki sertifikat berishni rad etadi.
✍️ Sertifikatlar reestri “Lisenziya” axborot tizimida elektron shaklda har bir sertifikat bo‘yicha alohida yuritiladi va undagi ma’lumot barcha uchun ochiq hisoblanadi.