Bugun 16 mart, 2025 yil, yakshanba

КИР

Give Me Sport yangi «Oltin to‘p» favoritini e’lon qildi. Saloh birinchi o‘rinni yo‘qotdi

Give Me Sport yangi «Oltin to‘p» favoritini e’lon qildi. Saloh birinchi o‘rinni yo‘qotdi

Taniqli Give Me Sport portali 2025 yilgi «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogarlar yangi reytingini e’lon qildi.

Reytingning birinchi o‘rnini yo‘qotgan Muhamad Saloh uchinchi o‘ringa tushib ketdi. Bu «Liverpul»ning Chempionlar Ligasidan «PSJ»ga qarshi uchrashuvda mag‘lub bo‘lib chiqib ketgani bilan bog‘liq.

Birinchi o‘ringa «Real» yetakchisi Kilian Mbappe ko‘tarildi, undan keyin esa «Barselona» vingeri Rafinya joy oldi.

Top-5 da yana Vinisius Junior (4-o‘rin) va Lamin Yamal (5-o‘rin) kiritildi.

Eslatib o‘tamiz, amaldagi «Oltin to‘p» sohibi «Manchester Siti»ning ispaniyalik yarim himoyachisi Rodriga tegishli.

Reyting O‘yinchi Klub Mamlakat Pozisiya
1. Kilian Mbappe Real Madrid Fransiya Hujumchi
2. Rafinya Barselona Braziliya Hujumchi
3. Muhammad Saloh Liverpul Misr Hujumchi
4. Vinisius Junior Real Madrid Braziliya Hujumchi
5. Lamin Yamal Barselona Ispaniya Hujumchi
6. Xarri Keyn Bavariya Angliya Hujumchi
7. Robert Levandovski Barselona Polsha Hujumchi
8. Jud Bellingem Real Madrid Angliya Yarim himoyachi
9. Usmon Dembele Pari Sen-Jermen Fransiya Hujumchi
10. Jamal Musiala Bavariya Germaniya Yarim himoyachi
11. Virjil van Deyk Liverpul Niderlandiya Himoyachi
12. Pedri Barselona Ispaniya Yarim himoyachi
13. Julian Alvares Atletiko Madrid Argentina Hujumchi
14. Erling Holand Manchester Siti Norvegiya Hujumchi
15. Florian Virs Bayer Leverkuzen Germaniya Hujumchi
16. Antuan Grizmann Atletiko Madrid Fransiya Hujumchi
17. Koul Palmer Chelsi Angliya Hujumchi
18. Aleksandr Isak Nyukasl Shvesiya Hujumchi
19. Lautaro Martines Inter Milan Argentina Hujumchi
20. Viktor Dyokeresh Sporting Lissabon Shvesiya Hujumchi
Kiritildi: 12:23 15.03.2025. O'qildi: 945 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!