Germaniya AQSh bojlari tufayli 113 milliard yevrolik 1200 tonna oltin zaxirasini AQShdan olib chiqib ketishi mumkin. Bu haqda The Daily Telegraph nashri ma’lum qildi.
"Germaniya Donald Trampning radikal siyosatiga nisbatan tahdidlar tufayli Nyu-Yorkdagi omborxonadan oltin zaxiralarini olib qo‘yish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda," - deya ta’kidladi material mualliflari.
Jurnalistlarning eslatishicha, Germaniya o‘nlab yillar davomida o‘zining 1200 tonna oltin zaxirasini Manxettendagi AQSh Federal zaxirasida yer ostida saqlagan. GFRning oltin zaxirasi Amerika zaxirasidan keyin dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi.