Janubiy Koreya harbiylari davlat chegarasini kesib o‘tgan KXDR askarlariga qarata ogohlantiruvchi o‘t ochdi, deb xabar bermoqda respublika shtab boshliqlari birlashgan qo‘mondonligi.
Bu haqda "Ryonxap" xabar bermoqda.
"Shimoliy koreyalik askarlar guruhi seshanba kuni Koreyalararo quruqlikdagi chegarani qisqa muddatga janubga kesib o‘tdi," - deyiladi materialda.
Ushbu manyovrdan so‘ng Koreya Respublikasi Qurolli Kuchlari ogohlantiruvchi o‘t ochishni amalga oshirdi va KXDR harbiylari o‘z tomoniga qaytdi.
Vazirlikning ogohlantirishicha, Seul Shimoliy Koreya harbiylarining harakatlarini diqqat bilan kuzatishda davom etmoqda.