"Barselona"ning yosh superyulduzi Lamin Yamalni Saudiya klublari qo‘lga kiritmoqchi. Xabarlarga ko‘ra, saudiyaliklar 17 yoshli ispaniyalik futbolchining transferi uchun kataloniyaliklarga 400 million yevro to‘lashga tayyor ekanligini ma’lum qildi.
O‘z navbatida "ko‘k-anorranglilar" yosh yulduzini har qanday narxga sotishdan bosh tortmoqda. Ular futbolchi 18 yoshga to‘lishi bilan u bilan 2026 yilgacha mo‘ljallangan amaldagi shartnomani uzoq muddatga yangilaydi.