Bugun 24 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Germaniyalik futbolchi fojiali hodisa tufayli halok bo‘ldi

Germaniyalik futbolchi fojiali hodisa tufayli halok bo‘ldi

"Ersebirge" sobiq himoyachisi Sebastyan Xertner 34 yoshida vafot etdi, deya xabar berdi klub matbuot xizmati.

Germaniyalik futbolchi qishki ta’til paytida sodir bo‘lgan fojiali hodisa tufayli 2025 yil 20 dekabrda vafot etdi. Bild nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Xertner Chernogoriyadagi Savin-Kuk tog‘-chang‘i kurortida 70 metr balandlikdan qulagan.

"Shtutgart" tarbiyalanuvchisi "Myunxen-1860", "Ersebirge", Berlinning "Dinamo", "Tevtoniya 05" va "ETSV Gamburg" klublarida o‘ynagan. Ikkinchi Bundesligada uning hisobida 95 ta o‘yin va 4 ta golli uzatma bor.

Xertner Germaniya U-19 terma jamoasiga chaqirilgan va 5 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Kiritildi: Bugun 07:45. O'qildi: 891 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!