Bu haqda Tagesschau xabar berdi.
Germaniyada 7 avgustga o‘tar kechasi Mexernixdagi harbiy ob’ekt ustida bir vaqtning o‘zida oltita noma’lum dron ko‘rildi.
Hududda yirik logistika markazi joylashgan. U yerda harbiy texnika va turli ehtiyot qismlar saqlanadi. Bundan tashqari, mutaxassislar Patriot havo hujumidan mudofaa tizimlariga xizmat ko‘rsatadi va ta’mirlaydi.
Aynan shuning uchun bir vaqtning o‘zida oltita noma’lum dronning paydo bo‘lishi Germaniya xavfsizlik organlarini tashvishga soldi. "Hodisa xavfsizlik organlarida alohida xavotir uyg‘otdi," - deyiladi xabarda. Hozircha uchuvchisiz uchish apparatlari harbiy hududga bevosita tahdid solgani tasdiqlanmagan.