Bu haqda Stern jurnali xabar berdi.
“Baden-Vyurtembergning Horb-am Nekkar shahridagi eng yirik qurilish maydonchalaridan birida ko‘prik qurilish liftining qulashi oqibatida uch ishchi halok bo‘ldi”, — deb yozadi gazeta.
Qayd etilishicha, lift qurilish kraniga ulangan bo‘lishi kerak edi, biroq u uzilib qolgan, shu sababli voqea sodir bo‘lgan. Mahalliy prokuratura hodisa sabablari va sharoitlarini o‘rganmoqda.