Bugun 25 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Germaniyada korxonalarning 42 foizi xodimlarni qisqartirishni rejalashtirmoqda

Germaniyada korxonalarning 42 foizi xodimlarni qisqartirishni rejalashtirmoqda

Germaniyaning metallurgiya va elektrotexnika sanoatidagi korxonalarning 42 foizi kelgusi olti oy ichida xodimlar sonini qisqartirishni rejalashtirmoqda.

TASS xabariga ko‘ra, bu haqda Germaniyaning Gesamtmetall ish beruvchilar uyushmasi o‘tkazgan tadqiqotda ma’lum qilingan. Bunday rejalarga iqtisodiy vaziyatning keskin yomonlashuvi sabab bo‘lmoqda.

So‘rovda qatnashgan kompaniyalarning 39 foizi o‘z faoliyatidagi vaziyatni yomon, 40 foizi esa qoniqarli deb baholagan. Yana 21 foizi keyingi olti oyda ahvol yanada og‘irlashishini kutmoqda.

Ijobiy o‘sish faqat mudofaa sanoati va tibbiy uskunalar ishlab chiqarish sohalarida kuzatilmoqda. Biroq bu Germaniya mehnat bozoridagi umumiy muammolarni bartaraf etish uchun yetarli emas.

Shuningdek, nemis kompaniyalari ishlab chiqarish quvvatlarini xorijga ko‘chirayotgani qayd etilgan. Natijada mamlakat ichidagi buyurtmalar ham mahsulot aynan Germaniyada ishlab chiqarilishini kafolatlamaydi.

Tadqiqot 7–16 oktyabr kunlari o‘tkazilgan bo‘lib, unda jami 800 mingga yaqin xodim ishlaydigan 1461 ta korxona ishtirok etgan. Natijalar kasaba uyushmalari bilan ish haqi bo‘yicha muzokaralarning ikkinchi bosqichi oldidan e’lon qilingan.

Kiritildi: 11:56 24.10.2026. O'qildi: 534 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!