Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Germaniyada islom ilohiyoti fakulteti ochildi

Germaniyada islom ilohiyoti fakulteti ochildi

DW nashrining yozishicha, Myunster universitetida islom ilohiyoti fakulteti ochildi. Bu nafaqat Germaniya, balki butun G‘arbiy Yevropadagi davlat oliy o‘quv yurtlari orasida o‘z turiga ko‘ra birinchisi bo‘ldi. Yangi fakultetga Myunster universiteti Islom ilohiyoti markazi rahbari, avstriyalik sosiolog va dinshunoslik o‘qituvchisi Muhanad Xurshid dekan etib tayinlandi.

"Menda noyob tarixda ishtirok etish imkoniyati bor. Biz bu noyob imkoniyatdan foydalanib, ochiq va ma’rifatli islom himoyachisi sifatida chiqish qilmoqchimiz", – dedi u DW nashriga.

Islom ilohiyoti markazining to‘laqonli fakultetga aylantirilishi ilmiy darajalar berish huquqini beradi hamda ilmiy hamjamiyatda yanada salmoqli o‘rin egallashga imkon yaratadi. Bundan tashqari, bu o‘zgarish tadqiqotlar uchun tashqi moliyalashtirishni jalb qilishni osonlashtiradi.

Xurshid kelajakda fakultetda 500 nafargacha talaba tahsil olishini kutmoqda. Uning ta’kidlashicha, butun Germaniya bo‘ylab davlat maktablarida islom dini ta’limini joriy etish jarayoni ketmoqda va buning uchun mutaxassislar talab etiladi.

Yangi fakultet hozircha eski binoda faoliyat yuritmoqda. 2027 yilda Myunster universitetida katolik, protestant, islom ilohiyoti va dinshunoslik fakultetlari joylashadigan "Dinlar kampusi"ni ochish rejalashtirilgan, deyiladi nashr xabarida.

Kiritildi: 12:48 06.07.2026. O'qildi: 1043 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!