Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba

КИР

Germaniya zaxiradagi harbiylarni har yili ikki haftalik mashg‘ulotlarga yig‘moqchi

Germaniya zaxiradagi harbiylarni har yili ikki haftalik mashg‘ulotlarga yig‘moqchi

Germaniya zaxiradagi harbiylarni har yili ikki haftalik mashg‘ulotlarga yig‘moqchi – Der Spegiel.

Mamlakatda armiyasida bir yildan kam xizmat qilgan va 45 yoshga to‘lgan barcha erkak va ayollarni muntazam harbiy mashg‘ulotlarga jalb qilishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi tayyorlanmoqda.

Nashrning zaxirani mustahkamlash to‘g‘risidagi qonun loyihasiga tayanib qayd etishicha, rejaga ko‘ra, harbiy mashg‘ulotlar har yili yoki ikki yilda bir marta ikki hafta davom etadi. Shu bilan birga, bir yildan ortiq xizmat qilgan yoki kadrdagi hamda muddatli harbiy xizmatchi sifatida xizmatga kirgan shaxslar 65 yoshga to‘lguniga qadar mashg‘ulotlarda qatnashishga majbur qilinishi mumkin.

Qonun loyihasining tushuntirish xatida aytilishicha, ushbu mashg‘ulotlar "milliy xavfsizlik va jamiyat barqarorligi uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan zaxiraning ishonchli shakllanishini" ta’minlash uchun zarurdir.

Kiritildi: Bugun 18:21. O'qildi: 207 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!