Bugun 5 fevral, 2025 yil, chorshanba

КИР

Germaniya va Fransiya Suriyaning yangi rasmiylari bilan hamkorlik qilishga tayyor

Germaniya va Fransiya Suriyaning yangi rasmiylari bilan hamkorlik qilishga tayyor

Germaniya kansleri Olaf Shols va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron telefon orqali muloqot chog‘ida Suriyaning yangi hukumatlari bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini ma’lum qilishdi. Bu haqda Germaniya hukumati matbuot kotibi Shteffen Xebeshtrayt ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Shols va Makron Suriyaning hududiy yaxlitligi va suverenitetini saqlash muhimligini ta’kidlagan.

– Ikki lider ham Yevropa Ittifoqining Suriyadagi ishtirokini kuchaytirish, jumladan, Suriyada inklyuziv siyosiy jarayonni qo‘llab-quvvatlash uchun birgalikda ishlashga kelishib oldi, -deya qo‘shimcha qildi Xebeshtrayt.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Suriyadagi qurolli muxolifat vakillari Damashqda davlat televideniyesini qo‘lga kiritib, mamlakat ustidan nazorat o‘rnatganliklarini efirda e’lon qilishdi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Suriya prezidenti Bashar al-Assad mojaroning bir qator ishtirokchilari bilan muzokaralardan so‘ng o‘z lavozimini topshirib, mamlakatni tark etgani, Rossiya esa bu muzokaralarda umuman ishtirok etmagani haqida xabar berdi.

Kiritildi: 06:13 11.12.2024. O'qildi: 611 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!