Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Germaniya tashqi ishlar vaziri Yoxann Vadeful Rossiyani «agressiv va imperialistik siyosat» yuritishda ayblab, Moskva NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rayotganini bildirdi. U Italiya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tashkil etilgan Italiya elchilarining 18-konferensiyasida so‘zga chiqar ekan, Germaniya va Italiya o‘rtasida ko‘plab umumiy manfaatlar mavjudligini ta’kidladi hamda ularni amalga oshirishda yanada yaqin hamkorlik qilish zarurligini qayd etdi. Berlinda Ukrainadagi mojaroni hal etish bo‘yicha o‘tkazilgan muzokaralarni eslar ekan, Vadeful Germaniya va Italiya Ukraina masalasida qarorlar Kiyev ishtirokisiz qabul qilinishi mumkin emas, degan yakdil fikrda ekanini bildirdi. «Evropa xavfsizligi bo‘yicha qarorlar yevropaliklar ishtirokisiz qabul qilinishi mumkin emas. Chegaralar kuch ishlatish orqali o‘zgartirilishi mumkin emas», — dedi Germaniya TIV rahbari.

Kiritildi: 13:44 16.12.2025. O'qildi: 469 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!